H.N. Zaynidinov 1988 yilda Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetining “Hisoblash texnikasi” (BT) kafedrasida 4 oylik malaka oshirishga bordi. Malaka oshirish davomida mazkur kafedraning professor-o’qituvchilar bilan tanishdi, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va o’quv-uslubiy ishlarni o’rgandi. 1990 yilda shu universitet aspiranturasiga xujjat topshirdi. Imtixonlardan muvaffaqiyatli o’tib, 1990 yil 1 noyabrda aspiranturaga qabul qilindi. 1990 yildan 1993 yilgacha bo’lgan davrda talabalarga ma’ruzalar, laboratoriya mashg’ulotlari olib bordi, kurs ishlari va diplom ishlariga raxbarlik qildi.
2000 yilning boshlarida H.N. Zayniddinov bo'lak-polinomial va splayn-funksiya usullariga asoslangan samaradorligi va ishonchliligi yuqori bo'lgan maxsus prosessorlarni yaratish tamoyillarini ishlab chiqishda Sankt-Peterburg Elektrotexnika universiteti olimlari bilan birgalikda faol qatnashdi. H.N. Zayniddinov olib borgan ilmiy tadqiqotlar o'zining originalligi bilan ajralib turadi, axborot texnologiyalarini rivojlanishiga katta hissa qo'shadi va ko'p sohalarda keng qo'llaniladi.
Quyida H.N. Zaynidinovning Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetidagi o’tkazgan xayotidan lavhalar keltiriladi.