Zaynidinov Xakimjon Nasriddinovich texnika fanlari doktori, professor, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi mudiri U signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berish sohasidagi taniqli olim, ko‘plab malakali kadrlar, fan nomzodlari va fan doktorlariga murabbiylik qilgan ustoz-olimdir. Men X.N.Zaynidinov 1979 yil sentyabr oyidan Toshkent Politexnika instituti (xozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari fakulteti elektron xisoblash mashinalari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirgan kunidan taniyman. Xakimjon birinchi kunlardanoq bilimga chanqoqligi, zukkoligi va rus tilini hammadan yaxshi gapirishni bilan na faqat gruppadoshlar o‘rtasida, balki kursdoshlar o‘rtasida ham tezda tanildi va o‘qituvchilar barchaga o‘rnak qilib ko‘rsata boshladi. Men Xakimjon bilan bir gruppada, bir xonada (avval kvartirada, so‘ngra yotoqxonada) birga o‘qidik va yashadik. Zachyot, kurs ishlarini va imtixonlarni birinchilar qatori topshirardi va faqat a’lo baholarga o‘qirdi. Ko‘plab kursdoshlarga qo‘lidan kelgancha yordam berardi. Birinchi kursni tugatishimiz bilan Xakimjonni fakultet informatsion xisoblash markaziga 0,5 stavka ishga olishdi. Xakimjon oliygohdan olgan nazariy bilimlarini xisoblash markazida amaliy ishlar bilan mustaxkamlab bordi. Bu esa Xakimjonning taniqli olim bo‘lib yetishishiga zamin yaratdi. 1984 yil oliygohni tugatgach, barcha kursdoshlar oliygox yo‘llanmasi bilan turli-tuman tashkilot va korxonalarga ishga jo‘nab ketdi. Men Qashqadaryo viloyat Muborak gazni qayta ishlash zavodi informatsion xisoblash markaziga ishga keldim. Xakimjon a’lo baholarga o‘qiganligi, undagi bilimga chanqoqligi, ilm-fanga qiziqishini xisobga olgan oliygox ma’muriyati shu oliygoxning “Informatika va xisoblash texnikasi” kafedrasiga stajyor tadqiqotchi vazifasiga ishga olib qoldi. Yosh Xakimjon o‘zining tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi bilan murabbiylarni lol qoldirdi va unga 1990 yil Sankt-Peterburg davlat elekrotexnika universiteti kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga yo‘llanma berdi. 1993 yil aspiranturani muvaffaqiyatli tugatib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Keyinchalik ushbu oliygoxga katta o‘qituvchi, dotsent vazifalarida mehnat qildi. 2005 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi. Doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgach, shu universitetda professor, kafedra mudiri vazifalarida ishladi. Janubiy Koreya Respublikasi Dongseo universiteti ma’muriyati taklifi bilan 2007-2009 yillarda ushbu universitet kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bordi. 2011-2014-yillardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi “Boshqaruvida informatsion kommunikatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri vazifasida ishladi. X. Zayniddinov va uning shogirdlari tomonidan birinchi bo‘lib, amaliyotda keng qo‘llanilayotgan apparat-dasturiy majmualarni, ma’lumotlarga ishlov berishning bo‘lak-polinomial usullariga asoslangan maxsus xisoblash vositalari yaratishni nazariy muammolari, ularni loyixalash va sxemotexnikasiga doir muammolari tadqiq qilindi. Bugungi kunda ushbu tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash sohasida-biomeditsina signallariga ishlov berish axborot tizimlarida, seysmologiyada-seysmik signallariga raqamli ishlov berish tizimlarida, geofizika sohasida- ko‘p o‘lchovli magnit va harorat maydonlariga raqamli ishlov berish tizimlarida, gidrolokatsiya sohasida radiolakatsion signallarga ishlov berish natijasida ob’ektlarini tutish, ularning turini aniqlash va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. X.Zaynidinov Sankt-Peterburg Elektrotexnika davlat universiteti, Janubiy Koreya, Germaniya, Belorussiyalik olimlar bilan xamkorlikda tinmay izlanishlar va tadqiqotlar olib bormoqda, shuningdek X.N.Zayniddinov shogirdlari bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat Qo‘mitasi gidrogeologiya va injenerlik geologiya “Gidroingeo” ITI, Samarqand davlat meditsina universiteti va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazidagi o‘zbekistonlik olimlar bilan tadqiqot ishlarini olib bormoqda. X.Zayniddinovning bevosita raxbarligida va ishtirokida 30 dan ortiq ilmiy tadqiqot loyihalari, 9 ta monografiya, 40 dan ortiq o‘quv, o‘quv-uslubiy va 300 ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 50 dan ortiq guvohnomalar va patentlar muallifidir. Uning ilmiy ishlari Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Slovakiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya va Xindiston kabi mamlakatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan. Hozirgi kungacha X.N.Zaynidinovning bevosita raxbarligida 4 ta fan doktori va 12 ta fan nomzodi dissertatsiyalarini yoqladi. X.N.Zayniddinovning universitetit faoliyatida, jamoat ishlardagi faol ishtiroki, hamkasblariga va shogirdlariga bo‘lgan xushmuomalaligi, beg‘araz yordami,yosh olimlarni qo‘llab quvvatlashi kabi insoniy fazilatlari tufayli keng jamoatchilik o‘rtasida yuksak xurmat e’tiborga ega. Men 40 yillik qadrdon do‘stim Xakimjon, xayotingiz faqat baxtli va quvonchli onlardan iborat bo‘lishi uchun Sizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Xar doim xozirgiday jasur, mard va metinday mustaxkam iroda egasi bo‘lib qolishingizni xamda yaqinlaringizni Siz bilan faxrlanib yurishlarini astoydil xoxlab qolaman. Xayotda uchraydigan xar qanday baland cho‘qqilarni birin-ketin zabt etib, oldingizga qo‘yilgan barcha maqsadlarni muvaffaqqiyat bilan ado etishingizga tilakdoshman. Albatta, eng asosiysi, baxtli oilaviy xayot, yaqinlaringiz mexr-muxabbati va umid-ishonchi Sizga xamisha yo‘ldosh bo‘lsin. Qadrdon do‘stingiz Ravshan Boltaev. 29.08.2023 yil