Hakimjon, kamtarin Inson (50 yilligiga bag‘ishlov)
Jamoada bordir kamtarin, dilkash, bir inson,
Kim deb so‘rasangiz, uning ismi Hakimjon.
Odamiylik bobida, tengi yo‘q inson,
Shu tufayli doimo e’zozda har on.
Orzuingiz ushaldi bo‘ldingiz doktor,
Endi Sizda armonlar yo‘qdir.
Shogirdlar orttirib yeting murodga,
Mehnat ila shuhratingiz taralsin, butun jahonga.
Universitetda eng yosh fan doktorisiz,
Kelajagingizga katta ishonch bilan qaraymiz biz.
Fan cho‘qqisin g‘olibona zabt eting deymiz,
Yangiliklar yaratib, hurmatingiz oshsin deymiz biz.
Ustozlarga, shogirdlarga, do‘stlarga mehribon inson,
Shuning uchun hurmat bilan eslashadi, Sizni har zamon.
Qalbi pok, chehrasidan yog‘iladi nur, tillaridan dur,
Shu boisdan uning bilan ustozlari, shogirdlari, do‘stlari mag‘rur.
Yoshlarimiz Sizni ko‘rib kelajakka qiladi havas,
Ular o‘zaro qilib hulosa, yuritadi bahs.
Odamiyligingiz, bilimingiz, salohiyatingiz juda ham yuksak,
Qani edi yoshlar ham, bizlar ham, Siz kabi bo‘lsak.
Hayotda, ilmda qiyinchiliklarga berib bardosh,
Fan doktori bo‘lib, kafedraga bo‘ldingiz bosh.
Hakimjon, Sizni akademiklar safida ko‘rish niyatimiz bor,
Buning uchun Sizda noyob iste’dod, qobiliyat, istiqbolli rejalar bisyor.
Mehnat qilib tinimsiz tunu kun,
Uning mahsulin, hurmatin, olqishin ko‘ryapsiz bugun.
Endi qo‘lingiz uzun, noningiz butun,
El ardog‘ida bo‘lingiz doim, ilmda ustun.
Barchamizning baxtimizga bor bo‘ling doim,
Yomon ko‘zlardan, asrasin sizni xudoyim.
Borligingizga aytib shukrona,
Hech toliqmang ishlab mardona.
Bo‘ling deymiz hamisha, sog‘u salomat,
Sizni hech qachon, tark etmasin omad – baxt.
Kelin bilan bolalarning ko‘ring kamolin,
Do‘stlar bilan davra qurib, duoga qo‘l ochib, qilaylik omin.
Yori Jo‘raev, vrach.
2013 yil 29 mart